Instagram reklama ko‘rsatish uchun foydalanuvchilarning mikrofonlarini yoqib, ularni xufyona tinglamaydi, dedi kompaniya rahbari Adam Mosseri. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va sun’iy intellektdan foydalanish hisobga olinsa, bunga endi hech qanday ehtiyoj yo‘q.
Mosserining ta’kidlashicha, ko‘pchilik odamlar reklama tavsiyalarining aniqligidan hayratda qoladi, ba’zida Meta (Facebook, Instagram va WhatsApp egasi) «fikrlarni o‘qiydi» deb hisoblaydi. Ilgari kompaniya bir necha bor suhbatlarni xufyona tinglamasligini tushuntirgan, chunki bu maxfiylikka putur yetkazadi va foydalanuvchilar mikrofon yoqilganini yoki batareya quvvati tez pasayganini payqaydi.
Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp) reklamalarni ko‘rsatish uchun foydalanuvchilarning mikrofonlarini yashirincha tinglayotganiga hech qanday dalil yo‘q.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar va mustaqil tadqiqotlar hozircha doimiy yashirin tinglashning texnik dalillarini topmadi. Buning uchun juda katta resurslar (serverlar, trafik, audioni qayta ishlash) kerak bo‘ladi, buni yashirish deyarli ilojsiz.
Reklama algoritmlari ko‘plab boshqa manbalardan foydalanadi: qidiruv so‘rovlari, brauzer tarixi, layklar, do‘stlar, joylashuv, xaridlar, hatto kontaktlaringizning «raqamli izlari».











