O‘zbekiston | 15:20 / 04.10.2025
1513
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Britaniyaning Jiddiy firibgarliklarga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligining Jiddiy firibgarliklarga qarshi kurashish agentligi direktori Nik Efgreyv bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlik va uning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Globallashuv davrida har bir davlatda iqtisodiy farovonlikni ta’minlash, fuqarolar va biznes uchun xavfsiz sharoit yaratish, ularning moliyalarini kafolatlangan himoya qilish, jiddiy iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, murakkab firibgarlik, poraxo‘rlik va korrupsiya bilan bog‘liq ishlarni to‘laqonli tekshirish hamda tergov qilishda xalqaro hamkorlik qilish va o‘zaro yordam ko‘rsatish zarurligi alohida qayd etildi.

Jiddiy firibgarliklarga qarshi kurashish agentligi 1988 yilda tuzilgan. U Buyuk Britaniya Bosh prokurori nazorati ostida faoliyat yurituvchi mustaqil tashkilot hisoblanadi. Agentlik yirik moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashadi va Birlashgan qirollikning tadbirkorlik uchun xavfsiz makon sifatidagi obro‘sini himoya qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid