Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarishni boshlaydi
O‘zbekiston elchixonasida «Blanko» kompaniyasi rahbarlari Tohir Battix va Kinan Dadixi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: "Dunyo" AA
Suhbat chog‘ida mamlakatda import o‘rnini bosuvchi ichimliklar ishlab chiqarish va mahsulotlarni Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar misrlik tadbirkorlarning 7-9 oktyabr kunlari Toshkent shahriga safarini tashkil etish va Uzbek Import Fair 2025 ko‘rgazmasida ishtirok etish to‘g‘risida kelishib oldi.
O‘zbekiston bilan hamkorlik ushbu kompaniya uchun yangi bozorlarni ochish, mamlakatimiz uchun esa mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va eksport salohiyatini oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Misrning «Blanko» kompaniyasi mahalliy bozorda mustahkam o‘rniga ega ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya arpa va mevalar asosida turli alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradi.
Mavzuga oid
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
15:34 / 17.12.2025
O‘zbekiston–Misr: to‘qimachilikda qo‘shma korxonalar tashkil etiladi
12:45 / 13.12.2025
Netanyahu Misrga bormoqchi. Gaz bo‘yicha megakelishuv imzolanishi mumkin
12:44 / 06.12.2025