Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 oktyabr kuni Özbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Ma’lum qilinişiça, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sun’iy intellekt loyihalarini joriy etiş maqsadida 50 mln dollar ajratilgan. Soğliqni saqlaş, ta’lim, qişloq xöjaligi, energetika, transport, ekologiya va moliya sohalarini qamrab olgan 86 ta loyiha şakllantirilgan.
Hozirda sun’iy intellektni qöllaş uçun zarur hisoblaş imkoniyatlarini yaratiş maqsadida “superkompyuter klasteri”ni taşkil etiş işlari olib borilmoqda.
“Sun’iy intellektni tezroq rivojlantiriş uçun doimiy ravişda ilğor, özini oqlagan xorijiy va mahalliy tajribalarni örganib boriş zarur. Buning uçun sohada samarali faoliyat yuritayotgan vatandoşlarimiz, xorijiy ekspertlar va xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyiş kerak”, – dedi prezident.
Taqdimotda sun’iy intellekt sohasida zamonaviy hisoblaş quvvatlarini özimizda yaratiş, ma’lumotlar markazlarini quriş va bunga investitsiya kiritmoqçi bölgan tadbirkorlar uçun jozibador muhitni ta’minlaş muhimligi qayd etildi.
Sun’iy intellektni rivojlantirişda eng muhim omil – malakali kadrlar tayyorlaş. Bu işlarni maktablardan boşlaş, informatika öqituvçilarini qayta tayyorlaş, yangi avlod darsliklarini işlab çiqiş zarurligi ta’kidlandi.
Sohada kadrlar tayyorlaşni jadallaştiriş maqsadida köplab dasturlar amalga oşirilmoqda. “Bir million sun’iy intellekt yetakçilari” milliy dasturi doirasida yoşlar uçun aistudy.uz va omp.aistudy.uz platformalari işga tuşirildi, ularda SI böyiça 5 ta bepul onlayn öquv dasturi yölga qöyilgan. Dastur doirasida 2027 yilga qadar 1 million nafar yoş sun’iy intellekt sohasidagi bilim va könikmalarga ega böladi.
Yoşlarning istiqbolli loyihalarini aniqlaş va qöllab-quvvatlaş uçun barça hududlarda Sun’iy intellekt xakatoni yölga qöyiladi. Şu kunlarda Nukus şahrida soğliqni saqlaş böyiça “HealthTech AI Hackathon” musobaqasi muvaffaqiyatli ötkazildi. Bu tajribani kengaytirib, ta’lim, sud tizimi, suv xöjaligi va tadbirkorlikni rivojlantiriş yönalişlarida ham ötkaziş muhimligi qayd etildi.
Ma’lumot uçun, ötgan yili Özbekistonda 2030 yilgaça möljallangan Sun’iy intellektni rivojlantiriş strategiyasi qabul qilingan va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida maxsus markaz taşkil etilgan.

















