AQŞ prezidenti Donald Tramp 5 oktyabr, yakşanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Strategik hujumkor qurollarni qisqartiriş böyiça (ŞQ-3) şartnomani uzaytiriş taklifini «yaxşi ğoya» deb atadi.
«Bu men uçun yaxşi fikr bölib tuyulyapti», dedi Tramp Oq uydagi brifingda jurnalistlar savoliga javob berar ekan.
Rossiya Xavfsizlik kengaşining 22 sentabrdagi yiğilişida Rossiya prezidenti mamlakat kelişuv muddati 2026 yil 5 fevralda tugaganidan keyin kamida yana bir yil davomida unga rioya qilişga tayyorligini ma’lum qildi.
Putin, şuningdek, ŞQ-3 muddati tugaşi bilan yadroviy raketa imkoniyatlarini töğridan töğri çeklovçi sönggi xalqaro şartnoma yöqolişini ta’kidladi. «Uşbu kelişuv merosidan butunlay voz keçiş köp nuqtai nazardan notöğri va uzoqni körmaydigan qadam böladi», dedi u.
ŞQ-3 şartnomasi 2010 yilda Rossiya va AQŞning öşa paytdagi prezidentlari Dmitriy Medvedev va Barak Obama tomonidan imzolangan edi. 2021 yilda u beş yilga uzaytirildi. 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan keyin Kreml rahbari bir neça bor yadro qurolidan foydalaniş bilan tahdid qilgan. Bundan taşqari, sönggi yillarda Rossiya yadroviy doktrinasini qayta körib çiqdi va Belarus hududida yadro qurolini joylaştirdi.
2023 yil fevralida Rossiya NATOni Rossiya strategik obektlariga zarba berişda iştirok etganlikda ayblab, ŞQ-3 şartnomasidagi iştirokini töxtatdi.

















