UnHerd naşrining yozişiça, ijtimoiy tarmoqlar kazino tamoyili asosida işlaydi. Çeksiz yangiliklar tasmalari va turli xil kontent tufayli biz vaqt tezroq ötayotgandek his qilamiz. Internet-platformalardan ongli ravişda foydalangan taqdirdagina bundan qutuliş mumkin.
Köpçilik odam ijtimoiy tarmoqlarga kirganida vaqt hisobini yöqotadi. Bu mutlaqo tasodifiy ta’sir emas. Uşbu internet platformalari vaqtni maxsus tezlaştiradi, ayni paytda ham, kelajakda ham. Buning sababi şundaki, bizda bir vaqtning özida hozirgi zamondagi voqealarni idrok etiş va ötmiş haqidagi xotira yomonlaşadi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda qanday ma’lumotlarni körganingizni eslaşga harakat qiling. Ehtimol, siz heç narsani eslay olmaysiz. Buni ijtimoiy tarmoqlar qisqa va uzoq muddatli xotirani yomonlaştirişi haqidagi ilmiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ötkazgan vaqtni izçil bayon etilgan syujyet orqali kuzatiş va nazorat qiliş mumkin. Bu sizga vaqtni alohida xabarlarga aylantirişga yordam beradi. Yangiliklar tasmasi esa tartiblilik va izçillikning butunlay teskarisidir. U qandaydir labirintdan iborat bölib, boşi ham, örtasi ham, oxiri ham yöq.
Buni nima qilsa böladi? Variantlardan biri - ijtimoiy tarmoqlardan butunlay voz keçiş yoki heç bölmaganda ulardan foydalanişni çeklaş. Tadqiqotlar şuni körsatdiki, ulardan voz keçiş tufayli bir neça haftadan söng insonning ruhiy salomatligi yaxşilanadi.
Şuningdek, agar siz umr uzunroq ekanini his qilişni istasangiz, iloji boriça odatdagidan köra yangilikka, ixtiyorsizdan köra ataylab qilingan narsaga, loqaydlikdan köra hissiyga, tartibsizdan köra tartibliga intiling.

















