Narkotiklarni sotişni kasb qilganlar narkokurer sifatida talabalarni tanlayotgani kuzatilmoqda. Oliy öquv yurtiga qabul qilingan va kelajakda bir kasbning egasi bölişi kutilayotgan yoşlarning boşi berk köçaga kirayotgani ularning hayotini salbiy tomonga özgartirayotgani dolzarb muammodir.
Noqonuniy, yaşirin narkolaboratoriyalarda tayyorlanayotgan preparatlarning bitta dozasi iste’moli ölim bilan yakun topişi ham mumkin. Raqamlarga nazar solinsa, 2024 yil davomida 5 ta, 2025 yil 6 oyida esa 8 ta narkolaboratoriya aniqlangan.
Ta’kidlanişiça, bugun narkotiklarning şakli ham özgarib bormoqda. Avvallari giyohvandlik vositalari tabiiy körinişda uçragan bölsa, bugungi kunda turli mahsulotlar tarkibida, jumladan, içimliklar, quvvatlantiruvçi ozuqalar, qahva, şirinliklar va şu kabi mahsulotlar tarkibida uçrayotgani dahşatlidir. Bitta iste’moldayoq öziga qaram qiluvçi vositalar jins, yoş, ijtimoiy qatlam tanlamayapti.
"Ilgari "narkoman" deganda, köz osti qoraygan, tomirlarida igna izlari bor odamlar tuşunilgan. Hozir esa narkotik iste’mol qilgan yoşlar haddan ortiq serharakat, faol va sergak bölib qoladi. Bu esa ota-onalarni şubhalantirmasligi turgan gap. Boladagi ijobiy özgariş barçani mamnun qilib, uning biror modda iste’mol qilişi mumkinligi heç kimning hayoliga ham kelmaydi. Ammo bu vaqtinça holat. Vaqt ötişi bilan paydo bölgan oğriqlar, azoblar va ruhiyatdagi keskin özgariş ayrim yoşlarni suitsidga boşlayotgani ayançlidir", deydi Muhammadqodir Mahmudov.
Giyohvandlik vositalarining iste’moli ortgani sari narkojinoyatlar soni ham oşib bormoqda. Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillarining sa’y-harakati natijasida joriy yilda aniqlangan narkojinoyatlar ötgan yilga nisbatan 23 foizga oşgan.
















