O‘zbekiston | 13:51 / 09.10.2025
2264
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim dorixonalarda sertifikatlanmagan dorilar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasiga respublikaning ayrim dorixonalarida chet elda ishlab chiqarilgan dori vositalarining sifati kafolatlanmagan nusxalari sotilayotganligi haqida xabarlar kelib tushdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan hamkorlik nazorat xaridi tadbiri o‘tkazdi. Ushbu olib borilgan tadbirlar natijasida, ayrim dorixonalardan xarid qilingan preparatlarning seriyalari Davlat reyestriga kiritilmagani yoki muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi holatlari aniqlandi.

Jumladan, Namangan viloyatidagi dorixonada Forsiga, Andijon viloyatidagi ayrim dorixonalarda "Brilinta", Forsiga, Pulmicort, Toshkent shahridagi ayrim dorixonalarda Forsiga va "Brilinta" dorilari shular jumlasidan.

Yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha to‘plangan barcha hujjatlar belgilangan tartibda dorixonalar kesimida tegishli choralar ko‘rish va sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdodan yig‘ib olinish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga yuborilgan.

Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarni dori vositalarini xarid qilishda ularning sertifikatini tekshirib ko‘rib, keyin xarid qilishlari maqsadga muvofiqligi haqida ogohlantirdi.

Shu bilan birga, sertifikatlar haqidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda tekshirish imkoniyati ham mavjud. Iste’molchilar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining maxsus elektron tizimi orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikalari uchun berilgan muvofiqlik sertifikatlari haqida ma’lumot olishi mumkin.

Mavzuga oid