Venesuelalik siyosatçi Mariya Korina Maçado 2025 yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati deb topildi. Nobel qömitasi bu haqdagi qarorni 10 oktyabr, juma kuni Osloda e’lon qildi.
Maçadoga mukofot Venesuela xalqining demokratik huquqlarini himoya qiliş yölidagi «tinimsiz mehnati» uçun berildi, dedi Norvegiya qömitasi raisi Yorgen Vatne Fridnes.
Joriy yilda mazkur mukofotga jami 338 nafar nomzod, jumladan, 244 nafar jismoniy şaxs nomzodi va 94 ta taşkilot ilgari surilgan. Ötgan yili 286 nafar nomzod röyxatga olingan, şundan 197 nafar jismoniy şaxs va 89 tasi taşkilot. Eng köp nomzodlar (376 nafar) 2016 yilda röyxatga olingan.
Nihon Hidankyo (Xirosima va Nagasaki atom bombasi qurbonlari taşkilotlarining Yaponiya kengaşi) yadroviy qurolsizlaniş tarafdori bölgan uyuşma 2024 yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati deb topildi. 2023 yilda tinçlik uçun Nobel mukofoti eronlik huquq himoyaçisi Nargis Muhammadiyga «Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarşi kuraşi hamda barça uçun inson huquqlari va erkinliklarini ilgari surgani uçun» berildi. 2022 yilda mukofot Rossiya, Belarus va Ukraina huquq himoyaçilariga topşirildi: Rossiyaning «Memorial» inson huquqlari taşkiloti, Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi nodavlat taşkiloti va Belarusning «Vesna» inson huquqlari markazi asosçisi Ales Belyatskiyga.
«Novaya gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratov 2021 yilda tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri bölgan. U bilan birga mukofot filippinlik jurnalist Mariya Ressaga ham topşirildi. Muratov va Ressa «demokratiya va matbuot erkinligi tobora noqulay şaroitlarga duç kelayotgan dunyoda» bu ideal uçun kuraşayotgan barça jurnalistlar vakili», deya ta’kidlagandi qömita. Muratov tinçlik uçun Nobel mukofotiga sazovor bölgan uçinçi rossiyalik böldi. Undan oldin u fizik va huquq himoyaçisi Andrey Saxarovga va SSSRning yagona prezidenti Mixail Gorbaçyovga berilgan edi.
Beş xil Nobel mukofoti (fiziologiya yoki tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot va tinçlik böyiça) dinamit ixtiroçisi Alfred Nobelning vasiyati bilan ta’sis etilgan va 1901 yildan beri topşirib kelinmoqda.

















