O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 9 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashdi.
«Muloqot chog‘ida ham global, ham mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga to‘xtalib, Markaziy Osiyoga alohida e’tibor qaratdik. Murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, mintaqalarimiz o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Ochiq va mazmunli suhbat uchun Kallas xonimga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlaydigan navbatdagi qadamlarni intiqlik bilan kutib qolaman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


















