Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga köra, holat yuzasidan Past Darğom va Nurobod tumanlaridagi ekologik inspektorlar tomonidan tezkor örganiş işlari olib borilgan.

Tekşiruv davomida Past Darğom tumani Turkman mahallasida yaşovçi fuqarolar Z.K. va T.S. ov quroli yordamida Nurobod tumani Köktoş qişloği yaqinidagi daşt hududlarda noqonuniy ov qilgani ma’lum bölgan.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismiga asosan ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, ov quroli va daliliy aşyolar olib qöyilgan. Hozirda tegişli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Kun.uz manbasiga köra, quşlarni ovlagan şaxslardan biri içki işlar organlari patrul-post xizmati (PPX) xodimi bölib, ov qurollari ham uning nomiga rasmiylaştirilgan. Biroq jarima boşqa şaxsga rasmiylaştirilgani, ya’ni xodim javobgarlikdan qoçişga urinayotgani aytilmoqda.

Manbaga köra, jarima qöllaniş jarayonida ham tabiatga yetkazilgan zarar hisobga olinmagan. Videotasvirlarda PPX xodimi deb aytilgan şaxsni köriş mumkin. Şu bilan birga, noqonuniy ov bilan şuğullanganlar ularni töxtatmoqçi bölgan fuqaroga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etgani ham tasvirlarda aks etgan.

Eslatib ötamiz, Qizil kitobga kiritilgan hayvonot yoki quş turlarini noqonuniy ovlaş holati tabiatga katta zarar yetkaziş deb baholanadi. Agar ov guruh bölib yoki qurol vositasida sodir etilgan bölsa, zarar miqdori bir neça baravarga oşadi.