Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzBAT'dagi 2,6 foizlik davlat ulushi 270 mlrd so‘mga sotildi
Ushbu bitim tamaki ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bozor qiymatini qariyb 855 mln dollarga baholadi.
6 oktyabr kuni Toshkent fond birjasida tamaki ishlab chiqaruvchi “UzBAT” AJ aksiyalari bo‘yicha yirik bitim ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bitim birjadan tashqari Nego maydonchasida amalga oshgan.
Bitim asosida, kompaniyaning 2,6 foizlik ulushi (641 661 ta aksiya) 269,8 mlrd so‘mga sotildi.
Natijada, UzBAT kapitalizatsiyasi 10,36 trln so‘m tashkil etdi. Bu qariyb 855 mln dollarga teng.
Korxona va tashkilotlar reyestriga ko‘ra, UzBAT'da 2,6 foizlik ulush davlatga (Davaktiv agentligi) qarashli edi.
Asosiy, 97,38 foizlik aksiyador – Saber Baber kompaniyasi bo‘lib, yana 0,1 foiz aksiyalar UzBAT'ning jami 40 nafar xodimiga tegishli.
2024 yilda kompaniyaning sof foydasi 40 foizga oshib, 1,41 trln so‘mga yetgan. UzBAT o‘sha yili O‘zbekistondagi xususiy kompaniyalar orasida eng ko‘p (2,9 trln so‘m) soliq to‘lagan.
Mavzuga oid
12:38 / 10.11.2025
Davlat departamenti: O‘zbekiston AQShdan kichik AES reaktorlari sotib oladi
16:17 / 20.10.2025
Aksilkorrupsiya agentligi UzPost'ni xususiylashtirishda shaffoflikni talab qildi
09:00 / 19.10.2025
Tappi qilishga chorlov va Toshkent uchun yangi aeroport - hafta dayjesti
15:36 / 13.10.2025