Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla raislariga davlat mulkini auksionga chiqarishga ruxsat berildi
Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mahallalarga mablag‘ ajratilib, sharoit yaratilgani uchun shu yilning o‘zida 237 ming oila kambag‘allikdan chiqdi. Lekin hozirda 28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora ko‘rilmayotgani qayd etildi.
Mahalla tizimi uchun mas’ul rahbarlarga bugundanoq ishchi guruhi tuzish va ushbu 28 ta tumanga borib, ulardagi ishsizlik, kambag‘allik va jinoyatchilikni kelasi yili 2 karra qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.
Mahallalarga 2 ming kvadrat metrgacha bo‘sh davlat obektlarini auksionga chiqarish vakolati berilgan. Masalan, Samarqand shahar Shodlik mahallasi 1,5 ming kvadratli bino sotuvidan mahalla budjetiga 5 milliard so‘m tushirgan.
“Ko‘ryapsizlarmi, qolgan mahallalarda ham “yettilik” izlansa, 3 mingga yaqin bunday binolarni sotish orqali ancha masalani hal qilsa bo‘ladi”, – dedi prezident.
Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi.
Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.
Mavzuga oid
00:21 / 30.11.2025
Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar uchun rag‘batlar e’lon qilindi
17:57 / 19.11.2025
Qaysi hokim natija ko‘rsatsa, shu tuman ko‘p mablag‘ oladi - prezident
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
14:56 / 29.10.2025