Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har yili dunyo yo‘llarida 1,2 million kishi halok bo‘lyapti – BMT
Ta’kidlanishicha, yo‘l-transport hodisalari dunyodagi o‘limning sakkizinchi sababi va besh yoshdan oshgan bolalar va yoshlar o‘limining asosiy sababidir. Ayniqsa, kam va o‘rta daromadli mamlakatlarda muammo keskin bo‘lib, ularda yo‘llardagi barcha o‘limlarning 90 foizi sodir bo‘ladi.
Foto: UNICEF
Har yili dunyo yo‘llarida 1,2 million kishi halok bo‘lyapti, yana 50 millionga yaqini jarohat olmoqda. Bu shunchaki statistika emas, ular maktabga borayotgan bolalar, ishga ketayotgan ota-onalar, hayoti bir zumda barbod bo‘layotgan odamlardir. Bu haqda BMT bosh kotibi yordamchisi Navid Hanif bosh qarorgohda bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi tadbirda e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, yo‘l-transport hodisalari dunyodagi o‘limning sakkizinchi sababi va besh yoshdan oshgan bolalar va yoshlar o‘limining asosiy sababidir. Ayniqsa, kam va o‘rta daromadli mamlakatlarda muammo keskin bo‘lib, ularda yo‘llardagi barcha o‘limlarning 90 foizi sodir bo‘ladi. Qurbonlar ko‘pincha piyodalar, velosipedchilar, mototsiklchilar va bolalar - xavfsiz transport va yo‘l infratuzilmasidan foydalana olmaydiganlardir.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta’kidlashicha, yechimlar allaqachon mavjud: yaxshilangan shaharsozlik va xavfsiz jamoat transportidan tortib, dubulg‘a va xavfsizlik kamarlaridan majburiy foydalanish, tezlikni nazorat qilish va samarali favqulodda protokollargacha – bu choralar minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga qodir.
Qayd qilinishicha, BMT yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda: 94 mamlakat allaqachon yordam olgan. Braziliyada tezlikni boshqarish protokollarining joriy etilishi o‘lim holatlarini kamaytirdi, Ruandada dubulg‘alar to‘g‘risidagi qonunlar mototsiklchilarni har kuni himoya qiladi, Laosda esa yangi litsenziyalash tizimi haydovchilar xavfsizligini oshiradi.
Barqaror transport o‘n yilligi boshlanishi arafasida BMT xayriya tashkilotlari asosiy rol o‘ynashi kerak bo‘lgan yangi hamkorlikni yaratishga chaqirdi.
«Sizning sodiqligingiz poliomiyelit, sil, ochlik va onalar o‘limini yengishga yordam berdi. Endi u yo‘llardagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirishi mumkin», dedi Antoniu Guterrish.
Bosh kotib so‘zlariga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi nafaqat sog‘liqni saqlash, balki rivojlanish, shaharsozlik va iqlim harakatlari masalasidir.
«Birgalikda biz millionlab odamlarning hayotini saqlab qolishimiz va yo‘llarda yashil xavfsizlik chirog‘ini yoqishimiz mumkin», deb xulosa qildi u.
Mavzuga oid
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
13:00 / 03.12.2025
Yunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
11:39 / 03.12.2025
Olmazorda Hongqi va BYD to‘qnashdi
20:39 / 01.12.2025