Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabz ko‘chasida avtobus Cobalt'ga borib urildi
Toshkentda Saz Le-60 rusumli avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Foto: Videodan kadr
Kecha, 17 oktyabr kuni soat taxminan 16:35 larda «1-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Saz Le-60 rusumli, 26-sonli yo‘nalish avtobusi haydovchisi Sh.O. (1987 yil tug‘ilgan, ish staji 15 yil) boshqaruvidagi avtobus YTHga uchradi.
U avtobusni Yunusobod tumani Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, yo‘lning qatnov qismiga suv sepilganini hisobga olmasdan va oraliq masofani saqlamaslik oqibatida oldinda harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomobilning orqasidan borib urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
O‘z navbatida, Cobalt rusumli avtomobil ham to‘qnashuv natijasida oldida harakatlanib ketayotgan BYD rusumli avtomobilga urilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yengil avtotransport vositalari hamda avtobus texnik shikastlangan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
16:15 / 02.05.2026
2 oyda 11 qurbon: Navoiyda yana dahshatli YTH sodir bo‘ldi
13:00 / 02.05.2026
Jarima balli 12 ballga yetgan birinchi haydovchi ma’lum bo‘ldi
11:36 / 01.05.2026
14 ta soxta YTH va “jabrdiyda” Malibu’lar: Toshkentda sug‘urta firibgarligi sxemasi fosh qilindi
17:13 / 29.04.2026