O‘zbekiston | 14:33 / 20.10.2025
912
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi

Foto: MOQ

"Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

a) prezidentning “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etilgan;
markaz sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi etib belgilangan;
b) prezidentning “Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2027 yildan Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazning mintaqaviy filiallari faoliyatini tashkil qilish belgilangan;
v) prezidentning “2024-2026 yillarda O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Olimpiya shaharchasi hududida markaz uchun zarur bino barpo etilayotgani ma’lum qilindi.

Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining boshqaruv, tibbiyot, yetakchi tibbiyot va ilmiy xodim, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali tasdiqlanadi.

Belgilanishicha:

  • markaz faoliyati 2026 yildan boshlanadi;
  • markaz sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi;
  • markazning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
  • markazning ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlarining mehnati Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga har oylik qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq rag‘batlantiriladi (ustama haq to‘lanadi);
  • markaz faoliyatini moliyalashtirish, jumladan uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish hamda markazni zarur tibbiy jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlash davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid