Kanada hukumati agar Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat hududiga kirsa, Xalqaro jinoiy sud (ICC) çiqargan qamoqqa oliş orderini bajaradi, çunki Ottava «xalqaro qonunlarga muvofiq harakat qiladi». Bu haqda Bloomberg bilan suhbatda Kanada boş vaziri Mark Karni aytib ötdi.
«Kanada xalqaro huquq va xalqaro yuridik siyosatiga muvofiq iş tutadi. Agar u (Netanyahu) Kanadaga kirsa, Xalqaro jinoiy sud buyruğiga binoan hibsga olinadi».
Haagadagi Xalqaro jinoiy sud ötgan haftada Isroilning boş vazir Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan çiqarilgan hibs orderlarini töxtatiş haqidagi şikoyatini rad etdi. Sud «asosli dalillar» mavjudligini bildirgan. Ya’ni ular Ğazo uruşi paytida uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun javobgar bölişi mumkin. Isroil bu qarorni keskin qoralab, uni «siyosiy qaror» deb atagan.

2024 yil noyabr oyida Xalqaro jinoiy sud Ğazodagi genotsid davomida uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etganlik ayblovlari bilan Benyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan qamoqqa oliş orderlarini çiqargan edi.
Bundan taşqari, 2023 yil dekabr oyida Janubiy Afrika Respublikasi Isroilga qarşi Xalqaro sudda tarixiy da’vo qözğatgan — unda Isroil Ğazodagi uruş paytida 1948 yilgi «Genotsid konvensiyasi»ni buzganlikda ayblangan. Uşbu jarayon keyinçalik AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan sulh ortidan töxtatilgan.
2024 yil yanvardan may oyigaça XJS uç marta vaqtinçalik çoralar töğrisida qaror çiqardi: Genotsid va harbiy amaliyotlarni darhol töxtatiş, Ğazoga humanitar yordam kirişiga ruxsat beriş.
Kanada 2025 yil 21 sentabrda, BMT Boş assambleyasi oldidan, Falastin davlatini rasman


















