16 oktyabr kuni joriy yil uçun yer va mol-mulk soliğini tölaş muddati tugadi. Soliq qömitasi xodimlari uşbu soliq turlaridan eng köp qarzdor korxonalarni ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, korxonalar xodimlarining mol-mulk va yer soliği böyiça qarzi 831,5 mlrd sömdan oşgan.
Eng köp qarzdorlik «Temiryöllarinfratuzilma» AJ (4 mlrd söm), «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ (3,3 mlrd söm) va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ (3,3 mlrd söm) xodimlarida qayd etilgan.
Soliq qömitasi bergan ma’lumotga köra, 173391 ta taşkilotning 747940 xodimida 882939 soliq obekti böyiça 831,5 mlrd söm (yer soliği - 501,2 mlrd söm, mol-mulk soliği - 330,3 mlrd söm) tölanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Şundan:
- 150,8 mlrd söm – budjet taşkilotlari xodimlari;
- 35,8 mlrd söm – nodavlat-notijorat taşkilotlari xodimlari;
- 644,9 mlrd söm – tijorat taşkilotlari xodimlari hisobiga töğri keladi.
Tijorat taşkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari böyiça qarzdorligi (sohalar kesimida):
- sanoat sohasidagi 20,8 mingta taşkilotda işlovçi 130,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 140,7 mlrd söm;
- qişloq, örmon va baliq xöjaligi sohasidagi 50,9 mingta taşkilotda işlovçi 88,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 138,6 mlrd söm;
- savdo sohasidagi 41,3 mingta taşkilotda işlovçi 71,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 116 mlrd söm;
- quriliş sohasidagi 10,1 mingta taşkilotda işlovçi 58,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 90,3 mlrd söm;
- taşiş va saqlaş sohasidagi 5,4 mingta taşkilotda işlovçi 33,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 30,6 mlrd söm;
- yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar sohasidagi 9,2 mingta taşkilotda işlovçi 16,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 mlrd söm;
- soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasidagi 4,3 mingta taşkilotda işlovçi 10,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 11,7 mlrd söm;
- axborot va aloqa sohasidagi 2,2 mingta taşkilotda işlovçi 9,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 8,7 mlrd söm;

















