Parij iqlim kelishuvida belgilangan — Yerda o‘rtacha haroratning 1,5°S dan yuqori oshishini bartaraf etishga intilish maqsadini bajarishning iloji yo‘q. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish chorshanba, 22 oktyabr kuni Jyenevada bayonot berdi.

«Bir narsa hozirdan ravshan: yaqin bir necha yil ichida global isishni 1,5 darajadan pastda ushlab tura olmaymiz», — dedi Guterrish. «Bu chegaradan oshish endilikda muqarrar».

BMT bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, bu «yaqin yillarda» sodir bo‘ladi, ammo keyin, ehtimol, harorat yana pasayishi mumkin. «Olimlar fikriga ko‘ra, 1,5°S ko‘rsatkichi asr oxiriga qadar yana amaliy maqsad sifatida saqlanib qoladi», — dedi Guterrish.

2015 yilgi Parij iqlim kelishuviga ko‘ra, dunyo mamlakatlari Yerda havo haroratining o‘rtacha qiymati sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 2°S dan ortiq oshishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Shu bilan birga, davlatlar bu ko‘rsatkich 1,5°S dan ham oshmasligi uchun harakat qilishni o‘z zimmasiga olgan.