AQŞ Isroil Ğarbiy sohilning bir qismini anneksiya qilişiga rozi emas. «Bu amalga oşmaydi, çunki men arab mamlakatlariga söz berganman», dedi Donald Tramp. Vitse-prezident J. D. Vens esa Isroil parlamentidagi ramziy ovoz berişni «juda ahmoqona siyosiy hiyla» deb atadi.

AQŞ prezidenti ma’muriyati Isroil tomonidan bosib olingan Ğarbiy sohilning bir qismining anneksiya qilinişiga yöl qöymaydi. Bu haqda prezident Donald Tramp Time jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Bu amalga oşmaydi, çunki men arab mamlakatlariga söz berganman», dedi u Ğarbiy sohilni anneksiya qiliş haqida. «Agar bu sodir bölsa, Isroil Qöşma Ştatlardan keladigan barça yordamini yöqotadi».

Uşbu intervyu e’lon qilinişidan bir kun oldin, Isroil parlamenti – Knesset Falastin davlatining asosiy hududi bölgan Ğarbiy Sohildagi yerlarni anneksiya qilişni yoqlab ramziy ovozlarni qabul qilgandi.

Payşanba kuni Isroilga ikki kunlik taşrifini yakunlayotgan vitse-prezident JD Venc ovoz berişdan ğazablaganini bildirdi. Uning sözlariga köra, kimdir unga bu amaliy ahamiyatga ega bölmagan ramziy siyosiy hiyla ekanligini aytgan.

Foto: AFP

«Agar bu siyosiy hiyla bölsa, bu juda ahmoqona siyosiy hiyla edi va men şaxsan bunga «haqorat» bilan qarayman. Tramp ma’muriyatining siyosati şundaki, Ğarbiy Sohil Isroil tomonidan qöşib olinmaydi», dedi u.

Şu kunlarda Isroilga kelayotgan davlat kotibi Marko Rubio ham anneksiya – AQŞ ma’muriyati «hozirda qöllab-quvvatlamaydigan narsa» ekanligini aytdi. Uning ogohlantirişiça, bunday harakatlar Ğazo sulh bitimiga xavf tuğdirişi mumkin.

Çorşanba kuni ovoz berişlar aynan AQŞ vitse-prezidenti Isroilga kelgan kuni böldi. AQŞ rasmiylarining keskin reaksiyasi esa Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahuni ovoz beriş jarayonidan «uzoqlaşişga» majbur qildi, deb yozmoqda