Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida erkaklarga shilqimlik qilgan qozog‘istonlik bloger ayolga ma’muriy ish ochildi
Unga nisbatan mayda bezorilik holati bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan va materiallar sudga yuborilgani ta’kidlanmoqda. Qayd qilinishicha, ayol avval ham shunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan.
Qozog‘istonning Olmaota shahri politsiyasi jamoat joyida behayo xatti-harakatlari aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan qozog‘istonlik bloger ayolga nisbatan tekshiruv o‘tkazdi.
Aniqlanishicha, A.A. O‘zbekistonda metroda ketayotib, yo‘lovchilarga namoyishkorona tegajog‘lik qilib, videotasvirga olib, shaxsiy sahifalariga joylashtirgan.
Unga nisbatan mayda bezorilik holati bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan va materiallar sudga yuborilgani ta’kidlanmoqda.
Qayd qilinishicha, ayol avval ham shunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan va u bilan bu haqda profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
«Biroq, ko‘rinib turibdiki, u to‘g‘ri xulosa chiqarmagan. Bunday xatti-harakatlar ijtimoiy axloqqa hurmatsizlikning ifodasi bo‘lib, belgilangan xulq-atvor me’yorlarini buzadi», deyiladi politsiya xabarida.
Olmaota politsiyasi jamoat joylarida axloqsiz, provokatsion yoki qadr-qimmatni kamsituvchi xatti-harakatlarning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligini va qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini eslatdi.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
20:25 / 10.06.2026