Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yadroviy qurolni Germaniya bilan bo‘lishish taklifi ilgari surildi
Buyuk Britaniyaning qator yuqori martabali harbiy arboblari, jumladan NATOning sobiq bosh kotibi va Mudofaa shtabi sobiq rahbari, AQSh qo‘llab-quvvatlashining noaniqligi va RFning «yadroviy ritorikasi» fonida Germaniya bilan yadroviy quroldan birgalikda foydalanish masalasida muzokara boshlashga chaqirdi, deb yozadi The Daily Telegraph.
Buyuk Britaniyaning bir necha yuqori lavozimli harbiy arboblari Rossiya tomonidan kelib chiqayotgan «kritik» tahdidga qarshi turish maqsadida Germaniya bilan yadroviy qurolni birgalikda qo‘llash bo‘yicha muzokaralarni boshlashni taklif etdi. Bu haqda shanba, 25 oktyabr kuni The Daily Telegraph London gazetasi xabar berdi.
«Men bunӣ qo‘llab-quvvatlayman. Bu to‘g‘ri va o‘rinli, bu ancha avval amalga oshirilishi kerak edi. Agar Rossiya yadroviy ritorikani kengaytirishda davom etsa, bu butun Yevropada ayrim qarorlar qabul qilinishiga majbur etadi», — dedi 1999–2003 yillarda NATO bosh kotibi bo‘lgan Jorj Roberson.
O‘z navbatida, 2013–2016 yillarda Buyuk Britaniya Mudofaa shtabini boshqargan feldmarshal Jon Xouton AQShning Yevropa mamlakatlariga harbiy ko‘magi qisqarishi mumkinligi sharoitida butun qit’a miqyosida yadroviy tiyib turish loyihasi haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi. «Fransiyanikidan tashqari, yevropacha variant bilan bo‘shliqni to‘ldirish bizning e’tiborimizda bo‘lishi kerak. Lekin bu yaxshi narsami yoki aqldan ozdiruvchimi? Shaxsan men hali qaror qabul qilmaganman», — dedi u.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligidagi gazeta manbalariga ko‘ra, hozircha mamlakat va Germaniya o‘rtasida yadroviy tiyib turish mavzusida hech qanday muzokara olib borilmayapti. Ular ikki mamlakatning harbiy hamkorligi hali «yadroviy qurolni birgalikda qo‘llash» darajasidan «ancha uzoq» ekanini ta’kidladi.
Buyuk Britaniya generali Richard Berrons esa Yevropada yadroviy qurolni birgalikda qo‘llash g‘oyasini amalga oshirib bo‘lmaydi deb hisoblaydi. «Rossiyadek raqibingiz bitta shaxs (qarori)ga bog‘liq bo‘lgan sharoitda, cheklangan vaqt ichida 30 ta mamlakat o‘rtasida konsensusga erishishga urinish — noreal», — dedi u.
Fransiya va Buyuk Britaniya — Yevropada yadroviy qurolga ega bo‘lgan yagona ikki davlat. Birinchisida qariyb 300 yadroviy kallak, ikkinchisida taxminan 250 ta bor. Germaniya Fransiya bilan allaqachon Parij yadroviy «soyaboni»ni qanday shartlarda kengaytirishi mumkinligi borasida «strategik muzokaralar» olib bormoqda. Shu bilan birga, federal kansler Fridrix Mers bu masalani Buyuk Britaniya bilan ham muhokama qilishda «zarurat»ni ko‘rayotganini aytgan.
Mavzuga oid
11:20
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
08:40 / 06.06.2026