AQŞ prezidenti Donald Tramp va Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi nodir metallar haqidagi kelişuvni imzolaşdi, şuningdek, mamlakatlar örtasidagi munosabatlarda yangi «oltin era» boşlanganini e’lon qilişdi.
«Juda qattiq qöl siqişiş», – dedi Tramp Tokio markazidagi Akasaka saroyida Takaiçi bilan fotograflar qarşisida turganida.
«Sindzo va boşqalardan eşitganlarimga asoslanib aytamanki, siz buyuk boş vazirlardan biri bölasiz. Sizni uşbu lavozimdagi birinçi ayol bölganingiz bilan tabriklaşga ijozat bergaysiz. Bu katta yutuq», – deya qöşimça qilgan u delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralar uçun stolga ötirar ekan.
Takaiçi – Yaponiyaning sobiq boş vaziri, Trampning dösti va golf öynaşdagi şerigi, 2022 yilda öldirilgan Sindzo Abening yaqin safdoşi bölgan. Bunga javoban u Amerika prezidentini Kambodja va Tailand, şuningdek, Isroil va Hamas örtasidagi öt oçişni töxtatiş borasidagi sa’y-harakatlari uçun maqtagan.
Boş vazir Trampga Abega tegişli bölgan klyuşkani, yaponiyalik çempiona Hideki Matsuyamaning imzosi tuşirilgan golf-sumkasini hamda zarhallangan golf töpini sovğa qilgan.
Bundan taşqari, boşqa ba’zi jahon yetakçilariga ergaşib, Takaiçi ham Trampni tinçlik böyiça Nobel mukofotiga nomzod qilib körsatişga va’da berdi.
Duşanba kuni strategik minerallar va noyob yer elementlarini yetkazib beriş böyiça tuzilgan kelişuv zamonaviy texnologiyalar – smartfonlardan tortib qiruvçi samolyotlargaça asos bölgan materiallarni nazorat qiluvçi Xitoyga qaramlikni kamaytirişga qaratilgan.
Hujjatda kelgusi olti oy içida tomonlar birgalikda magnitlar, akkumulyatorlar, katalizatorlar va optik materiallar işlab çiqariş kabi sohalarda ustuvor loyihalarni belgilaş, şuningdek, asosiy minerallarning strategik zaxiralarini yaratiş va yetkazib berişni kuçaytiriş böyiça boşqa çora-tadbirlarni amalga oşiriş közda tutilgan.
Ikki tomonlama munosabatlarda «yangi oltin davr» boşlanganidan dalolat beruvçi kelişuv mohiyatan joriy yil boşida erişilgan kelişuvlarni tasdiqlaydi, xolos.
AQŞ tomonidan Yaponiyadan deyarli barça importga, şu jumladan uning ulkan avtomobil sanoatiga avvaliga Tramp aytgan 25 foiz örniga, 15 foizlik tariflar joriy etilişi şular jumlasidan.
Buning evaziga Yaponiya AQŞ iqtisodiyotiga 550 milliard dollar sarmoya kiritiş va avtomobilsozlik, aviasozlik, qişloq xöjaligi va energetika kabi muhim tarmoqlarda Amerika tovarlarini sotib olişni köpaytiriş majburiyatini olgan.


















