Finlyandiya ğarbida mamlakat tarixidagi ilk dovul qayd etildi. Tabiiy ofat oqibatida 40 mingga yaqin xonadon elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi, deb xabar beradi Yle teleradiokompaniyasi.
Ma’lum qilinişiça, Rauma şahrida şamol tezligi soniyasiga örtaça 33,5 metrga, Pori şahrida esa soniyasiga 30,3 metrga yetgan.
«Kuzatuvlar davomida mamlakat tarixida bunday körsatkiç qayd etilmagan. Bu rostdan ham kamyob hodisa», — deydi Meteoroliya instituti meteorologi Tuomo Bergman.
Ma’lumotlarga köra, 1 noyabr kuni Finlyandiya ğarbi va janubida 40 mingga yaqin xonadon elektr energiyasidan uzilib qolgan. 2 noyabr tongida esa ularning aksariyatida elektr ta’minoti qayta tiklangan.
Meteorologlarning prognozlariga köra, 3 noyabr kuni Finlyandiyada yangi kuçli siklon kuzatiladi. U ham yuqoridagi dovul yönalişi böylab harakatlanadi.
Avvalroq Ispaniyada suv toşqinlari oqibatida 211 kişi halok bölgani, rasmiylar qurbonlar soni ortişi mumkinligini kutayotgani töğrisida xabar berilgandi. Mamlakat hukumati yana 10 ming nafar harbiy xizmatçi va politsiya xodimini suv toşqini oqibatidan jabr körgan Valensiyaga yuboradi.

















