O‘zbekiston | 15:41 / 30.10.2025
3117
2 daqiqa o‘qiladi

“Jurnalistlarda qoldirilgan bino” - poytaxtdagi “Matbuot uyi” ta’mirlanmoqda

Prezidentning tegishli qarori bilan “Matbuot uyi” bino va inshootlari O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan. Qarorga ko‘ra, bino O‘zA ixtiyorida bo‘ladi va u hozirda qad rostlayotgan media shaharchaning bir qismiga aylanadi. 

Hozirda “Matbuot uyi” manzilida zamonaviy media shaharcha barpo etilmoqda. Uning bino-inshootlari to‘liq ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Kun.uz (@kun.uz)

Majmuada jurnalistlar uchun katta va kichik majlislar zallari, sport zali, to‘liq jihozlangan, bir necha studiyalardan iborat alohida media markaz taqdim etiladi. Shuningdek, hududda tirbandliklar oldini olish uchun yerosti avtoturargohi ham tashkil etilmoqda.

“Matbuot uyi” 2018 yil bahorida 18,7 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan auksionga chiqarilgandi. Biroq keyinroq lot auksiondan olib tashlangadi.

2021 yil avgustda Buxoro va Nuroniylar ko‘chasidagi bino xususiylashtirish doirasida savdoga chiqariladigan 12 ta davlat aktivlari ro‘yxatiga kiritildi. Ko‘p o‘tmay obekt savdodan olinib, O‘zA balansiga o‘tkazildi.

2023 yil noyabrda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Matbuot uyi” majmuasining rekonstruksiyasi va unga tutash hududda “Media shaharcha” qurish bo‘yicha tender natijalarini e’lon qildi. Tenderda “Yangi Zamon bino” kompaniyasi 98,8 milliard so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqdi.

2025 yil aprelida “Matbuot uyi” binosi xususiy investorga berib yuborilgani to‘g‘risida xabarlar chiqdi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi esa bu xabarlarni rad etgandi.

Mavzuga oid