O‘zbekiston | 09:52 / 30.10.2025
1459
1 daqiqa o‘qiladi

Serbiya milliy aviakompaniyasi Samarqand yoki Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Toshkentda bergan bayonotida milliy aviakompaniyaning Samarqand yoki Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilayotganini, yakuniy qaror tahlil natijalariga ko‘ra qabul qilinishini ma’lum qildi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tanjug agentligi xabar berishicha, Vuchich 28 oktyabr kuni O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat barcha darajalarda o‘zaro siyosiy qo‘llab-quvvatlashga kelishib olganini aytdi. Shuningdek, kelgusida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim va investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha kelishuv imzolanishiga umid bildirdi. 

Prezidentga ko‘ra, Serbiyaning milliy tashuvchisi (Air Serbia) Gurjiston va Bokuga reyslarni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng Markaziy Osiyoga ochilishni ko‘rib chiqmoqda. Unga binoan, Samarqand yoki Toshkent orasida tijoriy-iqtisodiy tahlil natijalariga qarab tanlov qilinadi va reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 

Vuchich, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun bir qator muhim hujjatlar imzolanganini qayd etdi. Ushbu kelishuvlar kelajakdagi preferensial savdo shartnomasi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid