AQŞ Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl» bilan boğliq tranzaksiyalarni bloklagandi. Sanksiyalari e’lon qilinganidan köp ötmay «Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotişini elon qildi. Kompaniyaning Özbekistondagi eng yirik loyihasi yiliga 8,1 milliard metr kub gazni qayta işlaş quvvatiga ega Qandim gazni qayta işlaş majmuasidir. Şuningdek, mamlakatdagi 13 ta yirik konga egalik qiladi.
AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyadan jiddiy jahli çiqqanga öxşaydi. Dastlab u Putin bilan özaro uçraşib, ikki tomonlama muzokaralar orqali Ukrainadagi uruşni töxtatişga harakat qilib kördi. Bu yöl amalda heç qanday ijobiy özgarişga olib kelmagaç, Amerika tomoni Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl» bilan boğliq tranzaksiyalarni blokladi.
Neft va gaz savdosi Rossiya davlat budjetining qariyb çorak qismini taşkil etadi. Şunday bölsa-da, Kremldagilar yangi çeklovlar Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir körsatmasligini ta’kidlaşyapti. Ularning iddao qilişiça, Moskva bu kabi çeklovlarga «mustahkam immunitet» hosil qilib bölgan.
Kun.uz Özbekistonda juda ham katta aktivlarga egalik qiluvçi va eng yirik gaz işlab çiqaruvçilardan biri bölgan «Lukoyl» atrofida nimalar sodir bölayotganiga e’tibor qaratadi.
«Lukoyl» xalqaro darajadagi kompaniya maqomini yöqotadimi?
AQŞ sanksiyalari e’lon qilinganidan köp ötmay «Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotiş böyiça salohiyatli xaridorlardan tuşgan takliflarni körib çiqayotganini ma’lum qildi.
Kompaniya Qozoğiston, Özbekiston, Ozarboyjon, Moldova, BAA, Iroq, Kamerun, Nigeriya, Gana va boşqa mamlakatlarda faoliyat yuritadi, Yevropada neftni qayta işlaş zavodlari va dunyoning 19 mamlakatida yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğiga ega.
Asosiy tuzilmalardan taşqari «Lukoyl» uluşi 50 foizdan ortiqni taşkil etadigan şu’ba kompaniyalar ham sanksiyalarga duçor bölgan. Mutaxassislar fikriça, «Lukoyl»ning uluşi 50 foizdan kam bölgan loyihalarda aktivlarni töğridan töğri sotiş talab qilinmasligi mumkin, ammo yakuniy qaror milliy hukumatlarning pozitsiyasiga boğliq böladi. Şunga qaramay, AQŞning blokirovka çoralari kompaniyani tegişli tuzilmalarni boşqariş va ularning faoliyatidan daromad oliş imkoniyatidan mahrum qiladi.
Uşbu xabarlar fonida «Lukoyl tugadi», deya yozyapti











