Özbekiston Markaziy Osiyodagi eng baxtli mamlakatlar reytingida ikkinçi örinni egalladi. Bunday ma’lumotlar World Happiness Report 2025 an’anaviy hisobotida keltirilgan.

Qayd etilişiça, mintaqa davlatlari dunyoda eng yuqori darajadagi xayrixohlik va özaro yordamni namoyiş etgan.

Iqtisodiy ahvoldagi farqlarga qaramay, Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston barqaror yuqori darajadagi işonç va ijtimoiy birdamlikni körsatdi, deyiladi hisobotda.

Qozoğiston reytingda 43-örinni egallab, Markaziy Osiyoning eng «baxtli» davlatiga aylandi.

Özbekiston 53-örinni, Qirğiziston esa 75-örinni egalladi, Tojikiston 90-poğonadan joy oldi. Turkmaniston kerakli ma’lumotlar yöqligi sababli reytingga kiritilmagan.

Tadqiqot şuni körsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlarida xayrixohlikning örtaça indeksi 0,30 dan 0,36 gaça, dunyo böyiça örtaça 0,33 ni taşkil etadi. Bu mintaqada mustahkam ijtimoiy aloqalar va jamoaviylik madaniyati saqlanib qolayotganidan dalolat beradi, bu yerda özaro yordam va jamiyat hayotida iştirok etiş asosiy qadriyatlar bölib qolmoqda, deb ta’kidladi mualliflar.

Mutaxassislarning fikriça, baxt tuyğusi nafaqat daromad darajasi, balki jamiyatdagi işonç, barqarorlik va erkinlik hissi bilan ham belgilanadi. Ularning fikriça, Markaziy Osiyo «iliq ijtimoiy iqlimga» ega mintaqa bölib qolmoqda, bu yerda insoniy mehr-oqibat va özaro yordam iqtisodiy qiyinçiliklar va davlat institutlarining kamçiliklarini qoplaydi.