Bir palatali Latviya parlamenti — Seym — 30 oktyabr kuni Yevropa kengaşining ayollarga nisbatan zöravonlik va oilaviy zöravonlikning oldini oliş hamda ularga qarşi kuraş töğrisidagi konvensiyasini (“Istanbul konvensiyasi”) denonsatsiya qiliş haqidagi qonun loyihasini ikkinçi, yakuniy öqişda ma’qulladi. Delfi portali xabariça, parlamentdagi qizğin bahslar 12 soat davom etdi. Loyiha uçun 56 deputat ovoz berdi, 32 nafari qarşi çiqdi, yana ikki deputat betaraf qoldi.
Ön kun içida prezident Edgars Rinkeviçs qonun loyihasini imzolaşi yoki uni qayta körib çiqiş uçun Seymga qaytarişi kerak.
Avvalroq Rigadagi parlament binosi oldiga minglab odamlar Istanbul konvensiyasidan çiqişga qarşi norozilik bildiriş uçun töplandi. Plakatlarda oilaviy zöravonlikka qarşi çaqiriqlar, şuningdek deputatlarni populizmda va “zöravonlarni himoya qiliş” böyiça ayblovlar yozilgan edi. Qator namoyişçilar Latviya hokimiyatini “Rossiyaga taqlid qiliş”da aybladi, çunki Yevropa kengaşi tomonidan 2011 yilda işlab çiqilgan uşbu konvensiyani Moskva imzolamagan. Politsiya ma’lumotiça, aksiyada taxminan 5000 kişi qatnaşdi. Miting hodisalarsiz ötdi.
Istanbul konvensiyasi ayollarga nisbatan zöravonlikni inson huquqlari buzilişi sifatida tasniflaydi. Hujjatni Yevropaning 38 davlati, şu jumladan Gurjiston ratifikatsiya qilgan. Latviyadagi tanqidçilar konvensiyani an’anaviy oilaviy qadriyatlarga zid, deb hisoblaydi, ayrimlar hujjatdagi “jins” (gender) tuşunçasi ta’rifini tanqid qiladi.
Agar prezident qonun loyihasini imzolasa, Latviya Istanbul konvensiyasidan çiqadigan ilk YeI davlatiga aylanadi. Bundan avval Turkiya konvensiyadan çiqqan. Şu bilan birga, Bolgariya, Vengriya, Çexiya, Litva, Slovakiya va Armaniston hujjatni imzolagani bilan haligaça ratifikatsiya qilmagan.

















