Toşkent viloyati FVBga Çimyon mahallasi hududidagi Katta Çimyon toğiga sayrga çiqqan bir fuqaro yöldan adaşib, mustaqil ravişda pastga tuşa olmayotgani haqida xabar kelib tuşgan.
Xabar asosida Çimyon yonğin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvçi belgilangan manzilga yöl oldi. Qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro aniqlanib, maxsus jihozlar yordamida xavfsiz yönaliş böyiça toğdan tuşirildi. Dastlabki körikda uning tan jarohati olmagani va holati yaxşi ekani ma’lum böldi.
FVV aholiga toğ va örmon hududlariga çiqişda ob-havo şaroiti va yönalişdan oldindan xabardor böliş, töliq zaryadlangan telefon va qöşimça quvvatlagiç, fonar hamda yetarli kiyim-boşni olib yuriş, yolğiz sayr qilmaslik kabi xavfsizlik qoidalariga rioya etişni tavsiya etdi.

















