Turkiya neftni qayta işlaş zavodlari (NQZ) Iroq va Qozoğistondan köproq neft sotib ola boşladi, deb yozadi Reuters agentligi 2 noyabr kuni xabardor manbalarga tayanib. Bu holat AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Moskva Ukrainadagi uruşni davom ettirayotgani uçun Rossiya neft sektoriga sanksiyalar joriy etganidan köp ötmay röy berdi.

Ma’lumotlarga köra, Turkiyadagi yirik NQZdan biri — Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasiga tegişli SOCAR Turkey Aegean Refinery — yaqinda «dekabr oyida yetkazib beriş şartlari bilan Iroq, Qozoğiston va boşqa ta’minotçilardan tört partiya xom neft» xarid qilgan.

Boşqa yirik qayta işlovçi — Tupras ham Rossiyadan emas, jumladan Rossiyaning Urals turiga öxşaş Iroq turlaridan neft xaridini oşirmoqda. Reuters hamsuhbatlarining taxmin qilişiça, ikki katta NQZga egalik qiluvçi Tupras yaqin vaqtda zavodlardan birida Rossiya neftini import qilişni butunlay töxtatişi mumkin. Bundan taşqari, mazkur turk kompaniyasi ilk bor Braziliyadan neft sotib oldi, noyabr boşida esa Angolaning Mostarda turidan ikkinçi partiyani kutib olmoqda.

Xitoy va Hindiston bilan bir qatorda Turkiya ham Rossiya neftining kam sonli yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi. Reuters manbalariga köra, noyabrda Turkiya sutkasiga 141 ming barrel Iroq neftini qabul qiladi — bu oktyabrdagi 99 ming barrel/sutkadan va joriy yildagi örtaça 80 ming barrel/sutkadan köproq. Şu bilan birga, oktyabrgaça Turkiya neft importida sutkasiga 317 ming barrel (yoki 47 foiz) Rossiya nefti hissasiga töğri kelgan.

22 oktyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Kreml Ukrainadagi uruşni töxtatişdan boş tortganidan söng Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl», şuningdek ularning 34 ta şu’ba tuzilmasiga sanksiyalar joriy qildi. AQŞ Moliya vazirligi çeklovlarga tuşgan kompaniyalar bilan operatsiyalarni yakunlaş uçun bir oy muddat berdi.

Oktyabrda «Gazprom»ning Yevropaga yetkazib berişi «Turk oqimi» gaz quvurining bitta tarmoği orqali ösdi. Bundan 1 noyabr kuni Yevropa gaztransport tizimlari operatorlari tarmoği — ENsOG saytida e’lon qilingan oçiq ma’lumotlar guvohlik beradi.

Uşbu ma’lumotlarga köra, Turkiya—Bolgariya çegarasidagi «Strandja 2 / Malkoçlar» kiriş nuqtasi orqali oktyabr oyida 17 403 GVt·soat gaz ötgan. Bu sentabrga nisbatan 8,7 foizga va 2024 yil oktyabriga nisbatan 13 foizga köp. Joriy yil boşidan bu yönaliş orqali jami 152 000 GVt·soat gaz yetkazib berildi — ötgan yilning şu davriga nisbatan 7,5 foizga köp.