Jizzax viloyatida gaz ta’minoti mas’uli dalolatnomani bekor qilib, jinoyat işi qözğatilmasligini ta’minlaş uçun pul talab qilgani aniqlandi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

«Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali yetakçi mutaxassisi Jizzax şahrida faoliyat yurituvçi MÇJda ötkazilgan tekşiruvda nosoz gaz hisoblaş uskunasidan foydalanilganini aniqlab, bu böyiça tegişli dalolatnoma tuzgan.

U öz xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, tuzilgan dalolatnomani bekor qiliş hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining şahar bölimi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekşiruv böyiça jinoyat işi qözğatmaslik masalasini hal qilib beriş evaziga MÇJ vakilidan 6 ming dollar talab qilgan.

DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşbu yetakçi mutaxassis söralgan pul mablağini «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali binosi oldida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Ötkazilgan laboratoriya tekşiruvi natijasiga köra, gaz hisoblagiç taşqi ta’sir körsatilmagan holda nosoz holatga kelgan.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «v» bandi (xizmat mavqeidan foydalangan holda firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Dastlabki tergov harakatlari doirasida yetakçi mutaxassisning departament şahar bölimidagi «tanişi»ning şaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda unga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.