“Dunyo” AA ma’lumotiga köra, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştiriş, investitsiya va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, bank-moliya munosabatlarini takomillaştiriş, şuningdek transport va logistika böyiça dolzarb masalalarni atrofliça körib çiqdi.

Uçraşuvda quyidagi yönalişlar böyiça kelişuv va takliflar muhokama qilindi:

  • töğridan töğri moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş tizimini yölga qöyiş;
  • özaro savdo aylanmasini 2 mlrd dollarga yetkaziş vazifalari;
  • imtiyozli savdo töğrisidagi bitim doirasida mahsulotlar röyxatini kengaytiriş;
  • transport-logistika zanjirini optimallaştiriş va barqaror işlaşini ta’minlaş;
  • fitosanitar hamkorlik samaradorligini saqlaş, farmatsevtika, elektrotexnika va sanoat uskunalari böyiça muloqotlarni faollaştiriş;
  • standartlar va sertifikatlaş tizimlarini özaro tan oliş, töğridan töğri yetkazib berişni yölga qöyiş hamda qöşma işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş;
  • hududlararo hamkorlikni kuçaytiriş va “Özbekiston–Pokiston hududlararo forumi”ni ötkaziş;
  • mintaqaviy integratsiya doirasida Transafğon temiryölini bunyod etiş masalalariga e’tibor qaratiş.