Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda noyob lemurni noqonuniy sotish holati fosh etildi
Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan o‘rganish natijasida fuqaro M.I. tomonidan halqali quyruqli lemur (Ring-tailed Lemur)ni sotish maqsadida noqonuniy saqlash holati aniqlandi. Ushbu tur CITES konvensiyasining I-ilovasiga kiritilgan bo‘lib, uni tijorat maqsadida sotish, eksport yoki import qilish qat’iyan taqiqlangan.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu holatda fuqaro “Hayvonot dunyosi to‘g‘risida”gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90- va 92-moddalari (1-qismlar) talablarini qo‘pol ravishda buzgan.

Belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Olib qo‘yilgan lemur 3 noyabr kuni Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha karantin sharoitida saqlash uchun topshirilgan.
Boshqarma aholiga eslatib o‘tdi: CITES ro‘yxatidagi hayvon va o‘simlik turlarini noqonuniy saqlash, ko‘paytirish yoki sotish qonun bilan taqiqlanadi. Qonunbuzarlik holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘riladi.

Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026