Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi moliyaviy piramida va 250 yilga keksaygan Samarqand – mahalliy dayjest
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
Yangi nizomga ko‘ra, tibbiyot tashkilotlarida yo‘llanma asosida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam quyidagilarga ko‘rsatiladi:
- tuman (shahar) va hududiy darajalarda – aholining barcha toifalariga;
- respublika darajasida – imtiyozli bemorlarga.
Davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam olish uchun bemorlar o‘zi biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi.
Yangi XCM moliyaviy piramidasi tarqaldi, uni ichki ishlar organlari xodimlari ham targ‘ib qilmoqda
O‘zbekistonda shakli va uslubi oldingilaridan mutlaqo farq qilmaydigan XCM moliyaviy piramidasi tobora ommalashib bormoqda. Achinarlisi, bu cho‘pchakka uning oldini olishi kerak bo‘lgan xizmatlar xodimlari ham ishonyapti. Hatto ayrim xodimlar XCM targ‘ibotiga aralashgan. Ushbu moliyaviy piramidaga pul tikayotgan minglab fuqarolar aldanib qolish arafasida.
XCM moliyaviy piramidasiga huquq-tartibot organlarining 200 nafarga yaqin xodimi qo‘shilgani ta’kidlanmoqda.
Samarqand tarixi YuNeSKO xulosasi bilan 3000 yildan ortiq deb baholandi
YuNeSKO 43-sessiyasi doirasida o‘tgan xalqaro anjumanda Samarqand tarixi qayta baholandi. Ilmiy dalillar va arxeologik topilmalarga asoslangan xulosaga ko‘ra, shaharning tarixi ilgari aytilgandek 2750 yil emas, balki 3000 yildan ham qadimroq ekani tasdiqlandi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Afrosiyob, Ko‘ktepa va boshqa arxeologik obektlarda olib borilgan qazishmalar natijalari Samarqand hududidagi ilk aholi manzilgohlari miloddan avvalgi II ming yillikka borib taqalishini ko‘rsatmoqda.
Yuk mashinasida 3 kishini qasddan bosib o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida dahshatli qotillik jinoyati sodir etildi. 41 yoshli Salim Rustamov MIB xodimlari ko‘z o‘ngida sobiq turmush o‘rtog‘i, keksa qaynona va qaynotasini yuk mashinasida qasddan bosib o‘ldirdi. Janjalning sababi erkakni sobiq qaynotasiga tegishli dalahovlidan majburiy tartibda chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan.
JIB Tomdi tuman sudi hukmi bilan Salim Rustamovga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
Hukumatning qarori bilan qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan 2025–2026 yillar dasturi tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, xotirani asrash va ma’naviy merosni ommalashtirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- har yili oktyabrning 1-haftasida Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligini o‘tkazib borish;
- har yilgi oktyabr oyida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari tashkil etish;
- Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish.
Shuningdek, qaror doirasida o‘quvchi yoshlar va talabalar ishtiroki bilan qatag‘on qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoyilari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:47 / 04.12.2025
Prezident gaz portlashida jabrlanganlar bilan uchrashdi va 4,5 mln tonnalik paxta rejasi – mahalliy dayjest
22:05 / 03.12.2025
Toshkentda tungi ekoreydlar va Guliston bozoridagi fojia – mahalliy dayjest
23:11 / 02.12.2025
«Afrosiyob»dagi prezident va ko‘p qavatli uylarda yong‘in xavfsizligi choralari – mahalliy dayjest
21:31 / 01.12.2025