Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2025 yilda Federal majlisga yillik murojaat bilan çiqmaydi, deb xabar berdi Faridaily naşri.
Hukumatdagi uçta manbaga köra, hozir murojaatga tayyorgarlik körilmayapti. Dekabr oyida Putinning an’anaviy yillik matbuot anjumani «bevosita liniya» bilan birgalikda ötkazilişi e’lon qilindi va Kreml yana bir yirik tadbir ötkazişga qaror qilişi dargumon, deb ta’kidladi Faridaily suhbatdoşlari.
Federal majlisga murojaat qiliş Rossiya prezidentining konstitutsiyaviy majburiyati bölib, bu 84-moddada belgilangan.
2025 yilgi Murojaatnoma dastlab fevral oyida e’lon qilinişi rejalaştirilgan edi. Faridaily manbalarining xabar berişiça, u keçiktirildi, çunki Putin Oq uyga qaytgan Donald Tramp bilan tez orada uçraşişga umid qilgan va uning butun e’tibori uçraşuvga tayyorgarlik körişga qaratilgan (natijada prezidentlar faqat avgust oyida uçraşdi).
2022 yilda Rossiya Ukrainaga keng kölamli bosqinni boşlaganida ham Putin murojaat bilan çiqmadi. Kreml buni uruş şaroitida «dinamik» va tez özgaruvçan vaziyat bilan izohladi.

















