Boeinğning bayonotiga köra, kelişuv böyiça 8 ta qöşimça 787-9 laynerlari Uzbekistan Airways parklariga qöşiladi. Yuqori samaradorlikka ega uşbu keng fyuzelyajli laynerlar aviakompaniyaga xalqaro yönaliş tarmoğini yanada rivojlantiriş va ösiş strategiyasini jadallaştiriş imkonini beradi.

Imzolaş marosimi Vaşingtonda ötgan C5+1 sammiti doirasida bölib ötdi. Tadbirda AQŞ savdo vaziri Hovard Lutnik va Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov iştirok etgani qayd etildi. Rasmiy tasvirda Boeinğning Yevrosiyo va Hindiston böyiça sotuv va marketing vitse-prezidenti Pol Rigi, AQŞning global hamkorlik böyiça maxsus vakili Paolo Zampolli va Uzbekistan Airways AJ boşqaruv raisi Şuhrat Xudoyqulov ham köringan.

Boeing — 150 dan ortiq mamlakatda faoliyat yurituvçi yetakçi aerokosmik işlab çiqaruvçi va AQŞning yirik eksportçisi sifatida tijoriy samolyotlar, mudofaa mahsulotlari va fazo tizimlarini işlab çiqaradi hamda xizmat körsatadi. Kompaniya xavfsizlik, sifat va halollik qiymatlariga tayanadi.

Uşbu kelişuv Uzbekistan Airways’ning parkni yangilaş va uzoq masofali yönalişlarda raqobatbardoşlikni oşiriş sa’y-harakatlariga mos keladi. 787-9 platformasi aviakompaniyalarga operatsion samaradorlik va xalqaro tarmoqni masştablaştiriş imkonini beradi.