Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim xizmatlar xususiy klinikalarga sug‘urta orqali to‘lanadi
Prezident xususiy tibbiyot ulushi oshib borayotganini qayd etar ekan, ayrim yo‘nalishlarda xizmatlar respublika markazlariga nisbatan arzon va sifatli bo‘lsa, to‘lovlar tibbiy sug‘urta orqali xususiy klinikalarga yo‘naltirilishini topshirdi. Markazlardagi tariflar adolat nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqiladi.
Yig‘ilishda xususiy sektorning tibbiy xizmatlardagi roli kengayayotgani ta’kidlandi. So‘nggi sakkiz yilda xususiy klinika va laboratoriyalar soni uch karraga oshib, 9 mingga yetdi, ulardagi shifo o‘rinlari 57 mingtagacha ko‘paydi. Hozirda mamlakatdagi umumiy tibbiy xizmatlarning taxminan 30 foizi xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgani, innovatsion tashabbuslar ham asosan shu yerdan chiqayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan, mutasaddilarga ikki yo‘nalishda vazifa berildi:
- tarif — respublika ixtisoslashgan markazlarida narxlar bozor va sifat mezonlariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqiladi;
- sug‘urta mexanizmlari — bir xil xizmat xususiy sektorda arzon va sifatli bo‘lsa, to‘lovlar tibbiy sug‘urta hisobiga shu klinikalarga yo‘naltiriladi.
Bu qadam raqobatni kuchaytirib, bemor uchun xizmat sifati va qo‘layligini oshirish, davlat muassasalarini ham samaradorlikka undashga qaratilgan. Prezident davlat–xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
11:36 / 01.05.2026