Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan BRT yo‘lagi orqali qatnov 81-sonli yo‘nalish uchun qayta yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tartib barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan hamkorlik, ehtiyotkorlik va madaniyatli harakatni talab qiladi.

BRT — poytaxt transport tizimini zamonaviylashtirish, avtobuslar tezligi va jadval intizomini yaxshilashga qaratilgan muhim infratuzilma yechimidir. Avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakda ustuvorlikni ta’minlash yo‘lovchi tashish samaradorligini oshiradi.