Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisobot: millionlab qochqinlar iqlim o‘zgarishi ta’siridan ham aziyat chekmoqda
2025 yili 117 mln inson o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Ularning 86 mln nafari iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ekstremal ob-havo hodisalaridan aziyat chekkan.
Foto: Mahmoud Issa/REUTERS
Sayyorada millionlab odamlar ikki xil xavfga duch kelmoqda: urushlar tufayli va iqlim o‘zgarishining oqibatlari sabab. Shu bilan birga, ko‘pchiligining bu tahdidlardan qochib qutulish imkoni ham yo‘q. Shu haqda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) 10 noyabr kuni Braziliyadagi Belen shahrida boshlanayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP30) munosabati bilan bayonot berdi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yili butun dunyoda o‘z uyini tark etgan 86 mln kishi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekstremal ob-havo hodisalaridan, masalan, qurg‘oqchiliklardan aziyat chekdi. Tashkilot ma’lumotlariga qaraganda, 2025 yilda uyini tark etganlar umumiy soni 117 mln kishiga yetdi.
Taxminlarga ko‘ra, har to‘rt qochqin yoki boshqa majburiy ko‘chirilgan shaxsdan uch nafari iqlim tahdidlariga alohida darajada ta’sirchan mamlakatlar aholisi hisoblanadi. Shuningdek, qochqinlar uchun barpo etilgan ko‘plab posyolkalar qattiq va xavfli iqlim sharoiti hukm suradigan hududlarda joylashgani qayd etilgan.
“Biz, asosan, juda qashshoq bo‘lgan bu davlatlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatishimiz kerak. Ularning odamlarni ekstremal ob-havo hodisalarining oqibatlaridan himoya qilish imkoniyatlari deyarli yo‘q”, — dedi bu munosabat bilan BMTning sherik tashkiloti bo‘lgan UNO-Flüchtlingshilfe birlashmasi direktori Mark Ankershtayn.
BMT baholashicha, toshqinlar, dovullar va boshqa ekstremal tabiiy hodisalar, shuningdek, dengiz sathining ko‘tarilishi, cho‘llashuv kabi sekin kechadigan o‘zgarishlar ham insonlarni uylarini tark etishga majbur etadigan inqirozli vaziyatlarni kuchaytiryapti.
Mavzuga oid
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
22:51 / 27.11.2025
Jakarta dunyoning aholi eng zich joylashgan shahri deb tan olindi
19:11 / 26.11.2025
Dunyoda har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz oila a’zosining qo‘lidan halok bo‘lmoqda – BMT
15:13 / 22.11.2025