Jurnalist Ranin Savafta Nablus yaqinida isroillik köçmançilar hujumidan söng tibbiyot xodimlari tomonidan olib ketilmoqda. / Foto: Reuters

Isroillik köçmançilar 8 noyabr kuni bosib olgan Ğarbiy sohil hududidagi noqonuniy posyolkalar yaqinida zaytun terayotgan falastinlik qişloq aholisi, faollar va jurnalistlarga hujum qildi.

Reuters naşrining yozişiça, uşbu hujumda agentlikning ikki xodimi – jurnalist va unga hamroh bölgan xavfsizlik maslahatçisi ham kaltaklangan.

Guvohlarning aytişiça, şanba kuni taxminan 30 nafar qişloq aholisi va faollar, şuningdek, 10 ga yaqin jurnalist zaytun terimi uçun töplangan. Şu vaqtda tepalikdagi posyolkalardan önlab erkaklar pastga tuşib, hujum boşlagan. Ular Reuters fotomuxbiri Ranin Savaftani özini himoya qilişga uringan paytda bir neça bor tayoq bilan urgan.

Foto: Reuters

Voqeani kuzatgan isroillik huquq faoli Jonatan Pollakning sözlariga köra, hujumda taxminan 50 niqobli köçmançilar qatnaşgan. Uning aytişiça, Savaftaga hujum qilganlar «uni şafqatsizlarça urgan, u yerda yiqilgan paytida ham toş otişda davom etgan va unga yordam bermoqçi bölgan har bir insonga hujum qilgan».

Jonatan Pollak / Foto: Reuters

Pollakning aytişiça, köçmançilar ibroniy tilida «Bu yerdan ket!» degan qiçqiriqlarni ham aytgan.

Savafta bilan birga Reutersʼning xavfsizlik böyiça maslahatçisi Grant Bovden ham bölgan. U jurnalistni himoya qilişga urinayotganida kaltaklangan. Savaftaning fotoapparat jihozlari sinib ketgan.

Ikkalasi ham dubinkalarga qarşi «Press» deb yozilgan aniq belgilarga ega himoya kiyimida edi. Dubinka zarbalari kuçidan Savaftaning dubulğasida katta çuqurça paydo bölgan. Tez yordam maşinasi ularni Nablus şahridagi şifoxonaga tibbiy körik va davolaniş uçun olib ketgan. Hodisa çoğida yana bir neça kişi jarohat olgan.