Quva tumanida IIB boşliği va uning örinbosari ustidan körilayotgan işda jabrlanuvçi Gulira’no Qosimova sud zalidan çiqarib yuborildi. Avvalroq OAV vakillari, xususan, Kun.uz sayti muxbirining ham iştiroki çeklangan edi. G.Qosimova ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat yöllab, yopiq körilayotgan işda viloyat Içki işlar boşqarmasi yuristlari guvohlarga ta’sir ötkazayotgani, sudlanayotgan va guvohlikka çaqirilgan xodimlarni himoya qilişga urinayotgani, raislik qiluvçi Avazbek Rahimovning adolatsizlik qilayotgani haqida gapirdi.  

7 noyabr kuni Furqat tumani IIB mansabdorlari ustidan navbatdagi sud majlisi bölib ötgan va unda jabrlanuvçi Gulira’no Qosimova sud zalidan çiqarib yuborilgan.

Sudning noxolis va adolatsiz ötayotganidan norozi bölgan Gulira’no Qosimova Sirojiddin media sahifasi orqali videomurojaat yölladi. U Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevadan işning xolis ötkazilişini ta’minlaşda yordam söragan. Kun.uz uşbu suhbatni keltiradi:

“Men Qosimova Gulira’no Bahodirjon qiziman. Farğona viloyati Furqat tumanidagi 29-maktabda direktor bölib işlayman. Men bilan boğliq voqealardan juda köpçilik internet tarmoqlari orqali xabardor. Men yordamni administratsiya rahbari Saida Şavkatovnadan, keyin Oliy sud rahbaridan sörayman. Iltimos, menga yordam beringlar. Çunki holat açinarli tus olyapti. Men sud jarayonlaridan mutlaqo noroziman. Çunki sudning içidagi holat, öşa yerdagi kamera yozuvlari körilsa, nimadan noroziligimni tuşunib yetasizlar. Sababi men hozir gapira olmayman, çunki mening gapirişimga ham taqiq qöyilgan.

— Öşa sud jarayonlarini sizga aytişga, gapirişga taqiq qöyilgan-a?

— Hozirda bilasizmi, ommaviy axborot vositalari çetlatildi suddan. Yopiq. “Nima uçun, nimaga yopyapsizlar?” deb har gal men e’tiroz qilganimda, tezkor xodimlarning bölayotgan sudida ularning aytadigan gapi maxfiy hisoblanadi, şuning uçun sud yopiq böladi, deyişdi. Lekin biror marta u haqida gap-söz bölgani yöq sudda. Bir qaror yo bir nima haqida gapirilgani yöq sudda. Işonasizmi, şu tadbirda qatnaşgan rahbaridan tortib 10 ta xodim, 11 kişi jami içki işlar xodimi, hammasi telefonini yo sotib yuborgan, yo yöqotib qöygan, yo jiyaniga bergan.

Içkarida öşa Içki işlar boşqarmasining ikkita yuristi, men öşa oçiq holatdagi sud haqida gapiryapman, oydinlik kiritib ketay. Çunki ertaga hali bu murojaatim ham menga muammo bölişi mumkin. Men hozir sudda jabrlanuvçi emas, xuddi sudlanuvçiga öxşayman. U yerdagi jarayonlar haqida na gapira olaman, na biror kimga aytolaman uning içini.