Qarorga muvofiq, ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi, nomzodlarni taqdim etish va mukofotni topshirish mexanizmlari belgilab qo‘yildi.
Kimlar taqdirlanadi: giyohvandlikka qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan fuqarolar, birinchi navbatda — yoshlar.
Nomzodlar taqdimoti: nomzodlar ro‘yxati har yili 1 maygacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga kiritiladi.
Nishon, qoidaga ko‘ra, har yili 26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Takroriy berilishi: bir shaxsga faqat bir marta beriladi. Taqilish qoidasi: davlat mukofotlaridan keyin, ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Nizom giyohvandlikka qarshi kurash sohasida faollikni oshirish, profilaktika va ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.















