Seşanba kuni önlab isroillik kelgindilar Iordan daryosining ğarbiy sohilida bir qator yonğinlar uyuştirdi: ular bosib olingan hudud şimolidagi Falastin ombori, badaviylar qişloği hamda qişloq xöjaligi yerlariga hujum qildi. Bir neça falastinlik yaralangan.

Zaytun yiğim-terimi mavsumi boşlanganidan söng, falastinliklar öz şaharlari va qişloqlarini qurşab turuvçi qişloq xöjaligi dalalariga çiqqanida bunday hujumlar tez-tez sodir böla boşladi.

BMTning Insonparvarlik masalalarini muvofiqlaştiriş boşqarmasi ma’lumotlariga köra, oktyabr oyida isroillik kelgindilar tomonidan zöravonlik hujumlari soni qariyb 20 yillik kuzatuvlar davomida eng yuqori körsatkiçga yetgan.

1967 yilgi uruş paytida Ğarbiy sohil va Şarqiy Quddus bosib olinganidan söng, Isroil bu hududlarda hozirgaça 160 ga yaqin aholi punktlarini qurgan, bugungi kunda bu manzilgohlarda 700 ming yahudiy yaşaydi. Falastinliklar bu hududlarni Ğazo sektori bilan bir qatorda bölajak Falastin davlati hududi sifatida köradi.

Taxminiy ma’lumotlarga köra, isroillik kelgindilar bilan yonma-yon 3,3 million falastinlik yaşamoqda.

Xalqaro huquqqa köra, bu manzilgohlar noqonuniy hisoblanadi.

Hujumlar qanday keçgan?

Seşanba kuni olingan kadrlarda niqobdagi önlab kişilar Tulkarm şahri şarqidagi tepalikda paydo bölganini köriş mumkin. Yaqin atrofdagi Bayt-Lid aholi punktida Falastin omboriga hujum uyuştirilgan va yuk maşinalariga öt qöyilgan. Videoda badaviylarning Dayr-Şaraf qişloğida yonayotgan çodirlar ham körsatilgan, fonda ayollar qiçqiriqlari eşitiladi.

Falastin muxtoriyati vazirlaridan biri Muayyad Şaaban (u devor va aholi punktlari qurilişiga qarşi kuraş komissiyasini boşqaradi) hujumlar «qörqitiş va terror yordamida çidab bölmas şaroitlar yaratiş» uçun möljallanganini aytdi.

BMT ma’lumotlariga köra, oktyabr oyida kelgindilar hujumlari soni 2006 yilda ma’lumotlar yiğiş boşlanganidan beri eng yuqori körsatkiçni qayd etgan. Foto: EPA

Isroil mudofaa armiyasi öz harbiy xizmatçilari «mojaroga barham beriş uçun» voqea joyiga yetib borgani, «tartibsizliklarni tarqatiş vositalaridan foydalangani va bir neça isroillik qölga olingani»ni ma’lum qildi.