Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda soat 22:00 dan keyin bazmlarni to‘xtatish buyurildi
Endi 22:00 dan keyin hamma joyda to‘y-tomoshalar, kafe, restoran va tungi klublar faoliyati yakunlanishi kerak. Agar kimdir bo‘ysunmasa, elektr ta’minotidan uziladi.
Foto: 24.kg
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev sukunat to‘g‘risidagi qonun va hukumat qaroriga qat’iy rioya etishni talab qildi, unga ko‘ra to‘ylar, ko‘ngilochar tadbirlar, shuningdek, kafe, restoran va tungi klublar ishi soat 22:00 dan kechiktirmay yakunlanishi kerak.
Uning ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga qaramay, joylarda unga amalda e’tibor berilmayapti.
«Biz qaror qabul qildik, lekin u bajarilmayapti. Buni o‘zim bildim - yaqinda Bishkekda hamkasbim to‘y berdi va u yarim tungacha davom etdi. Hech kim aralashmadi. Jalolobodda ham soat 00:00 gacha to‘y o‘tkazildi va hech kim hech narsa demadi», dedi Qamchibek Tashiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda sukunat to‘g‘risidagi qonun ijrosini nazorat qilish mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilganligi aniq ko‘rsatilgan.
«Mahalliy hokimiyat rahbarlari, siz yozma topshiriqni bajarmayapsiz. Endi rasman topshiriq beraman: 22:00 dan keyin hamma joyda to‘y-tomoshalar, kafe, restoran va tungi klublar faoliyati yakunlanishi kerak. Agar kimdir bo‘ysunmasa, elektrni o‘chiring», dedi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.
Shuningdek, u soat 22:00 dan keyin restoranlarda har qanday holatda elektr energiyasi o‘chirilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
15:22 / 16.04.2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil etiladi
10:36 / 15.04.2026
Qamchibek Tashiyevning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026