2023 yil oktyabrda boşlangan Hamas-Isroil uruşi ortidan Ğarbiy Sohilda köçmançilar zöravonligi kuçaymoqda. Natijada ön minglab falastinliklar uylarini taşlab köçişga majbur bölmoqda.

13 noyabr kuni isroillik radikal köçmançilar bosib olingan Ğarbiy Sohildagi Hoja Hamida masjidini yoqib yubordi. New York Times'ning yozişiça, hujum – AQŞ va Isroil harbiy rasmiylarining hududda zöravonlik kuçayişi borasidagi xavotiri ortayotgan paytga töğri keldi.

Payşanba kuni tong saharda sodir bölgan voqea Ğarbiy Sohilning şimolidagi Deir Istiya qişloğida yuz berdi. Hujum çoğida masjid böş bölgan va heç kim jabrlanmagan.

Foto: AP
Foto: AP

Falastin ma’muriyati rasmiysi Ali Diabning aytişiça, yonğin oqibatida masjiddagi muqaddas Qur’oni Karim kitoblarining bir qismi yongan. Bino devorlari qorayib ketgan va gilamlar ham yoqib yuborilgan. Köçmançilar masjidning taşqi devorlariga haqoratli sözlarni ham yozib ketgan.

Foto: AP

«Bu harakatlar qörqinçli. Agar masjidda odamlar bölganida-çi? Biz fojia bilan yuzma-yuz kelişimiz mumkin edi», deydi falastinlik rasmiy.

«Bu ekstremistik guruhlar hayotimizni vayron qilmoqda. Har kuni özimizni köproq qörquvda his qilyapmiz», deya masjid imomi Ahmad Salemning sözlarini keltirmoqda naşr.

BMT, AQŞ va hatto Isroil ham «norozi»

Isroil armiyasi Boş ştabi boşliği, general-leytenant Eyol Zamir şu hafta isroillik köçmançilar zöravonligini kamdan-kam uçraydigan tarzda qoraladi.

Eyol Zamir / Foto: Anadolu

Isroil harbiylarining bayonotida xuddi şu hududda masjidga qarşi qasddan öt qöyilganiga işora qilingan, lekin buni kim qilgani aytilmadi. Harbiylar har qanday zöravonlikni qoralaşlarini bayon qilib, «hududda xavfsizlik va tartibni ta’minlaş uçun harakatni davom ettirişlarini» ma’lum qildi.