Doimiy çarçoq va boş oğriği
Qon quyuqlaşganda töqima va organlar yetarliça kislorod ololmay qoladi, oqibatda odam özida doimiy çarçoqni his qiladi, hatto yetarliça uxlaşiga qaramay energiya tanqisligi kuzatiladi. Bundan taşqari, qon quyuqlaşişi tomirlardagi oqimni ham pasaytiradi. Natijada boş miyaga yönalayotgan qon sustroq harakat qiladi va bu boş oğriğini keltirib çiqaradi. Oğriq köpinça kun davomida bosqiçma-bosqiç kuçayadi, ayniqsa iş bilan band bölgan, kompyuter yoki telefon ekraniga uzoq qaragan paytlaringizda bu yaqqol seziladi.
Qöl-oyoqlar uvişişi va muzlaşi
Viskozlik oşganda qonning tanadagi harakati sekinlaşadi, çekka qismlar, qöl va oyoqlarga yetib borişi qiyinlaşadi. Şu bois, panja va barmoqlarda uvişiş yoki tez-tez muzlab qoliş kabi holatlar paydo böladi. Bu simptomlar köpinça qon quyuqlaşişining dastlabki bosqiçlarida yuz beradi. Bu belgilar uzoq vaqt davom etsa, şifokor bilan maslahatlaşiş tavsiya etiladi.
Teri qurişi va oqarişi
Qon quyuqlaşganda undagi suyuqlik miqdori kamayadi va ziçligi oşadi. Natijada teri yetarli oziq moddalarni ololmaydi va bu uning qurişi, oqarişi, silliq tusini yöqotişiga olib keladi. Ba’zi hollarda terida mayda qizarişlar, toşmalar yoki yalliğlaniş paydo bölişi mumkin. Bu alomatlar ayniqsa, sovuq fasllarda, kam suv içilganda yoki quruq iqlim şaroitida kuçayadi.
Yurak urişi tezlaşişi yoki notekislaşişi
Yurak quyuqlaşgan qonni pompalaş uçun köproq kuç sarflaydi. Şuning uçun uning urişi tezlaşişi, “gupillab ketişi”, ba’zan notekis işlaş holatlari paydo böladi. Bunday simptomlarni köp odam oddiy stress yoki çarçoq bilan adaştiradi, lekin asl sabab qonning yopişqoqligi bilan boğliq bölişi mumkin.
Tana haroratining tez-tez kötarilişi
Qon quyuqlaşganda organizm içki balansni uşlab turiş uçun köproq energiya sarflaydi. Ba’zan bu jarayon tana harorati biroz kötarilişi bilan kuzatiladi. Harorat 37–37.3°C atrofida, ya’ni past darajada bölişi mumkin, bu uzoq davom etsa, tomirlar bosimi oşayotganidan darak beradi.
Nafas qisişi va kökrak sohasida bosim
Tomirlar orqali kislorod aylanişi sustlaşganda nafas oliş ham oğirlaşadi. Oddiy zinadan kötarilganda yoki yengil yurişda ham nafas qisişi kuzatiladi. Kökrakda bosim, siqiliş sezilişi yurakning ortiqça yuklama bilan işlayotganidan darak.












