Bola qadam tashlashni o‘rganayotgan ilk kunlarida ham, maktabga borib erkin harakatlangan paytlarida ham oyoq kiyim uning suyaklari qanday shakllanishini belgilab beradigan eng muhim vosita hisoblanadi. Mutaxassislar o‘smirlarning oyoq suyaklari 14-16 yoshgacha faol rivojlanishini, noto‘g‘ri tanlangan poyabzal esa yassi oyoqlik, qomat buzilishi, umurtqa og‘riqlari kabi muammolarga sabab bo‘lishini ta’kidlaydi.
Noqulay oyoq kiyim bola ulg‘ayganda uning tanasida sezilarli salbiy ta’sir qoldirishi mumkin. Quyida xarid vaqtida aynan qaysi jihatlarga ko‘ra tanlovni amalga oshirish zarurligi bilan tanishtiramiz:
Hajm
Bolalarning oyog‘i juda tez o‘sadi: ayniqsa, 1–3 yosh oralig‘ida yiliga 2 santimetrgacha kattalashish kuzatiladi. Mazkur davrda poyabzal tanlashda hajm masalasiga alohida e’tibor berish kerak. Oyoqqa juda qattiq yopishib turadigan, panjalarni siqib qo‘yadigan poyabzal to‘g‘ri tanlov emas. Bu noqulaylik tug‘dirishi bilan bir qatorda oyoq kaftining to‘g‘ri shakllanishiga ham xalaqit qiladi. Panja qismida kamida 0,5–1 santimetr bo‘sh joy bo‘lishi zarur, bola yurganda barmoqlar erkin harakatlanishi lozim. Poyabzalning eni ham mos kelishi muhim: tor poyabzal barmoqlarni siqadi, qon aylanishini cheklaydi. Juda keng poyabzal esa yurishni noqulaylashtiradi.
Material
Sun’iy, havo o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlangan poyabzallar oyoqni “nafas ololmaydigan” muhitga tushiradi va bir necha noxush holatga sabab bo‘ladi. Birinchidan, havo o‘tkazmaydigan poyabzal oyoqni tez terlatadi. Mazkur holat terining yumshab, sezgir bo‘lib qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, bola terisi qizarishi va achishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Uchinchi xavf esa yanada jiddiy: zamburug‘ (gribok) rivojlanishi. Namlik va issiq muhit zamburug‘lar uchun ideal sharoit yaratadi. Bola poyabzalni uzoq vaqt kiyib yuradigan bo‘lsa, e’tiborsiz qoldirilgan terlash va achishish infeksiyalarga yo‘l ochib beradi.
Shu sababli tabiiy charm, to‘qimachilik matolari yoki mesh (to‘r) materiallaridan tayyorlangan modellarga ustunlik berish lozim. Mazkur materiallar havo almashinuvini ta’minlaydi, oyoqni quruq ushlab turadi va terining sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.
Poshna va tag qism















