BMT Turizm tomonidan navbatdagi “Eng yaxşi turizm qişloqlari” (Best Tourism Villages) loyihasi ğoliblari e’lon qilindi. Mazkur global taşabbus turizm qişloqlariga e’tiborni kuçaytiriş, kiçik qişloqlarning öziga xos madaniyati, urf-odatlari va tabiat gözalliklarini asrab-avaylaş maqsadida amalga oşiriladi.

Joriy yilgi tanlovda Afrika, Amerika, Osiyo va Yevropadagi 65 ta mamlakatdan 270 dan ortiq nomzod qişloqlar iştirok etdi.

Özbekiston tomonidan Turizm qömitasi Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylaşgan Omonxona qişloği nomzodini taqdim etdi. Natijada Omonxona qişloği tanlov ğoliblaridan biri deb topilib, loyihaning “Rivojlantiriş dasturi” (Upgrade Programme)ga kiritildi. Bu xalqaro miqyosda Özbekiston turizm tarmoğining navbatdagi yutuği sifatida e’tirof etilmoqda.

Surxondaryo viloyati Boysun tumani toğli hududida joylaşgan Omonxona qişloği özining tabiiy manzaralari, şifobaxş buloqlari, tarixiy yodgorliklari, nomoddiy madaniy merosi va mehmondöst aholisi bilan maşhur. Sönggi yillarda bu yerda turizm infratuzilmasi bosqiçma-bosqiç rivojlantirilib, sayyohlar uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida qişloq hududida turizm markazi barpo etilmoqda. 2024 yilda Omonxona qişloğiga Özbekistonning “turizm qişloği” maqomi berilgan edi.

Omonxonaning mazkur dasturga kiritilişi nafaqat xalqaro e’tirof, balki mamlakatning qişloq hududlarini barqaror rivojlantiriş va yangi turizm nuqtalarini şakllantirişga qaratilgan izçil siyosat samarasi sifatida ham baholanmoqda.

BMT Turizmning “Rivojlantiriş dasturi”ga dunyoda turizm salohiyati yuqori bölgan nufuzli qişloqlar tanlov asosida kiritiladi. Dastur doirasida mutaxassislar kömagi, öquv dasturlari va texnik maslahatlar orqali qişloqning turizm salohiyatini yanada oşiriş, uni xalqaro maydonda tarğib etiş közda tutilgan.

Jumladan, BMT Turizm ekspertlari tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça strategik yöl xaritasini işlab çiqiş, xalqaro ekspertlar iştirokida trening va konsultatsiyalar ötkaziş, mahalliy boşqaruv, xizmat sifati va marketing tizimlarini ilğor xalqaro tajriba asosida yaxşilaş rejalaştirilgan. Şuningdek, qişloqni “Eng yaxşi turizm qişloqlari tarmoği”ga (Best Tourism Villages Network) qöşiş orqali boşqa davlatlar bilan hamkorlik va tajriba almaşiş imkoniyatlari yaratiladi.

Ma’lumot uçun, BMT Turizmning “Eng yaxşi turizm qişloği” tanlovi 2021 yildan buyon ötkazib kelinmoqda. Uşbu maqom ekologik va agroturizm yönalişlarida yuqori körsatkiçlarga ega, tabiiy hamda madaniy qadriyatlarini, organik ovqatlaniş va an’anaviy turmuş tarzini asrab qolgan qişloqlarga beriladi.