2025 yil I yarim yilligida Özbekistonda uy-joylarning fundamental qiymati va bozor narxi orasidagi tafovut 17 foizdan 4 foizgaça pasaydi.
Markaziy bank hisobotiga köra, köçmas mulk bozorida taklifning sezilarli ortgani va spekulyativ talabning kamaygani uy-joylarning bozor narxi pasayişiga ta’sir körsatgan.
Şuningdek, real narx va bozor narxi orasidagi tafovut qisqarişiga – uy-joylarning fundamental narxi oşişi ham hissa qöşgan.
2025 yil 2-çoragida qayd etilgan 4 foizlik farq – 2022 yil 1-çoragidan keyingi davr uçun minimum körsatkiç hisoblanadi.

Uy-joy narxlarida töğrilaniş kuzatilmoqda
Markaziy bank hisobotida keltirilgan Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yil I yarim yilligi yakuniga köra, uy-joylarning bozor narxi 2024 yilning mos davriga nisbatan milliy valutada 4,9 foizga, xorijiy valutada 6,2 foizga pasaygan.
Ayni şu davrda taklif hajmi oşgan: 2025 yilning I yarim yilligida amalga oşirilgan quriliş hajmi 2024 yilning mos davriga nisbatan 72 foizga köpayib, 137,6 tlrn sömni taşkil etgan. Quriliş hajmining YaIMdagi uluşi 17 foizgaça kötarilgan. Şuningdek, 2025 yil 1 iyul holatiga quriliş-montaj işlari narxlarining yillik ösiş sur’ati 6,3 foizgaça tezlaşgan.
Aholining uy-joy xarid qiliş qobiliyati pasayişdan töxtadi

Ipoteka ajratişda kredit muddatining uzayişi va foiz stavkaning pasayişi bilan bir qatorda, aholi daromadining ortişi aholining ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qiliş qobiliyati tiklanişiga sabab bölgan.
2025 yilning dastlabki yarim yilligida aholining uy-joy xarid qiliş qobiliyati indeksi 121 foizgaça kötarilgan.















